Uchrashuvda Oʻzbekiston va YETTB oʻrtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari koʻrib chiqildi.

J.Xargitay xonim mamlakatni modernizatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni, shu jumladan, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini kompleks ravishda isloh qilish, bank-moliya tizimini takomillashtirish, kapital bozorini rivojlantirish, banklarni izchil xususiylashtirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholadi.

Gender tenglik va xotin-qizlarning manfaatlarini himoya qilish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish, xotin-qizlarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi rolini oshirish, shuningdek, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish borasida mamlakatimiz erishayotgan yutuqlar alohida qayd etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.