Nufuzli kompaniya rahbari viloyatda mutasaddilar bilan uchrashib, hududda turizm yoʻnalishi boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishdi.
Ikki tomonlama uchrashuv davomida Hindistondan Andijonga tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun alohida turpaketlar taqdimoti, shuningdek, Andijon davlat chet tillari instituti bilan taʼlim turizmi boʻyicha hamkorlik masalalari, viloyatdagi joylashtirish vositalari holati haqidagi maʼlumotlar muhokama etildi. Uchrashuv natijalariga koʻra may-iyun oylarida kompaniya tomonidan 500 nafar hindistonlik sayyohlarni Andijon viloyatiga tashrifi va viloyat boʻylab marshruti borasida yakuniy kelishuvga erishildi.
Oʻzining 3 ming 800 dan ortiq xizmat turlariga ega boʻlgan “Euroasia Travel India” kompaniyasi kuzatuvchilari va mijozlari orasida Andijon viloyatiga oid kontentlar targʻiboti muhim natijalarga erishishda katta ahamiyat kasb etishi mumkinligi taʼkidlandi, deb xabar beradi Madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmati.
Maʼlumot uchun, joriy yil 12-17-aprel kunlari Andijon viloyati hokimligi delegatsiyasi ham Hindistonga tashrif buyurib, ikki tomonlama aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, Andijon viloyatiga Hindistondan sayyohlar oqimini oshirish masalalarida kelishuvlarga erishilgan edi.