Ichki ishlar bo'yicha evrokomissar Il`va Yoxanssonning ta'kidlashicha, ittifoqning mazkur qarorini aksariyat mamlakatlar hukumatlari qo'llab-quvvatlagan.
«Bugun deyarli barcha a'zo mamlakatlar ushbu davrning uzaytirilishini ma'qullashini bildirdi. Demak, ichki chegaralardagi nazorat iyun` oxirida bekor qilinadi», — dedi Yoxansson.
Agentlikning eslatishicha, cheklovlar mart oyi o'rtalarida kiritilib, ikki marta uzaytirildi va 15 iyunda nihoyasiga etadi. Evropa komissiyasi EIning tashqi chegaralari faqat ichki chegaralar ochilganidan keyingina ochilishini talab qilmoqda.