Qayd etilishicha, Bank tomonidan ustav kapitali miqdori qonunchilikda belgilangan eng kam talablarga muvofiqlashtirilmaganligi hamda banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan boshqa talablar bajarilmaganligi sababli ushbu qaror qabul qilindi.
“Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlariga asosan, bankni majburiy tugatish hamda tugatish komissiyasini tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Ushbu bank Markaziy bankdan oʻz faoliyatini boshlash uchun 2024-yilda litsenziya olgan boʻlib, 2025-yilning birinchi yarmini 51 mlrd soʻmdan koʻproq zarar bilan yakunladi.
Shu tariqa Oʻzbekistonda mavjud banklar soni 36 tadan 35 taga kamaydi.








