Nashrda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti professor-oʻqituvchilari va tadqiqotchilarining buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy ilmiy-merosi haqidagi ilmiy maqolalari chop etilgan.
“Dunyo” AAning qayd etishicha, jurnalda eʼlon qilingan ushbu mavzudagi materiallarda Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostoni, Sulton Abu Said Mirzo va Xitoy imperatorlarining tavsifi, “Mezon ul-avzon” asarining nazariy tahlili, Alisher Navoiy va Abdulla Morvarid maktublarining adabiy-maʼrifiy ahamiyati va boshqa qator jihatlar keng yoritilgan.
Bundan tashqari, nafaqat turkiy tilli xalqlar, balki dunyo adabiyoti merosiga katta hissa qoʻshgan Alisher Navoiy asarlari orasida “Xamsa” asarining nihoyatda muhim oʻrin egallashi, shoirlar sultoni bu buyuk asari bilan turkiy adabiyotda “Xamsa” yaratish anʼanasini boshlab, uni eng yuksak choʻqqiga koʻtargani tilga olingan.
Navoiy “Xamsa”si turkiy tilida ham bu kabi yirik koʻlamdagi asar yaratilishi mumkinligini isbotlab bergani koʻrsatib oʻtilgan.