Uchrashuvda Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulla Abduqodirov, Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi hamkorlik delegatsiyasi rahbarining birinchi maslahatchisi Vim Riepma va loyiha menejeri Yana Kurpisa ishtirok etdi.
Uchrashuv davomidagi asosiy masalalardan biri «Mamlakat platformasi» loyihasini davom ettirish uchun O‘zbekiston tomonidan mas’ul idorani aniqlash masalasi bo‘ldi. Shuningdek yevropa Ittifoqi tomonidan amalga oshirilayotgan qishloq xo‘jaligida subsidiyalar samaradorligi tahlili ham muhokama etildi. Ushbu tahlilning birinchi natijalari tez orada e’lon qilinishi kutilyapti.
Bundan tashqari, yer qonunchiligini ishlab chiqish va yerlarning kadastr qiymatini shakllantirish loyihasi bo‘yicha ham fikrlar almashildi.
Tomonlar Agentlik vakillari yevropa Ittifoqi delegatsiyasi bilan yeI tomonidan moliyalashtirilayotgan joriy loyihalar bilan batafsil tanishish uchun yaqindan hamkorlik qilishga kelishib oldilar, deb xabar beradi Strategik islohotlar agentligi matbuot xizmati.