Suhbat davomida Evropa ta'lim tizimi bilan integratsiya jarayonida hamkorlik, ta'limda sifatni oshirish bo'yicha xalqaro tajribalarni o'rganish va qo'llashda EI tomonidan moliyalashtiriladigan Twinning va TAIEX dasturlarini jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
— Inspektsiyamiz faoliyatimizning ilk kunlaridan boshlab, xorijiy davlatlar bilan hamkorlik qilish, ta'lim tizimimizning xalqaro hamjamiyat bilan integratsiyasiga alohida e'tibor qaratib kelmoqda, — dedi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi boshlig'i U.Toshkenboev. — Nufuzli reyting agentliklari va ilg'or xorijiy davlatlar tajribasi asosida oliy ta'lim muassasalari milliy reytingi yo'lga qo'yildi. SHuningdek, QS, THE agentliklar bilan milliy reyting tizimi metodologiyasini takomillashtirish bo'yicha yaqin hamkorlik loyihalari amalga oshirilmoqda.
Bu yil mamlakatimizdagi universitetlarning milliy reytingini to'rtinchi marotaba e'lon qilishni rejalashtiryapmiz. Quvonarlisi, universitetlarimizda barcha ko'rsatkichlari bo'yicha ijobiy o'sish dinamikasi kuzatilmoqda.
SHuningdek, ta'lim muassasalarining mustaqilligi va mas'uliyatini oshirishga, ta'lim sifatini baholashda mehnat bozori tomonidan tayyorlangan kadrlarni tan olinishiga alohida e'tibor qaratiladigan yangi institutsional tizim yaratildi.
Ta'lim sifatini Evropa talablari darajasida ta'minlash tizimini joriy etish maqsadida Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi 2020 yilda Evropa oliy ta'lim sifati kafolati assotsiatsiyasi kuzatuvchi sifatida qabul qilindi. Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlat tashkilotlaridan birinchi bo'lib, Evropa ta'lim inspektsiyalari tarmog'iga a'zo bo'ldi.
Prezidentimiz topshirig'iga asosan, Finlyandiya ta'lim tajribasini o'rganishga kirishdik. Ushbu mamlakat vakillari bilan hamkorligimiz natijasida qisqa vaqtda yaxshi natijalarga erishdik.
Ta'lim sifatini baholashga qaratilgan PISA, PIRLS, TIMSS kabi xalqaro dasturlarda ilk marotaba ishtirok etmoqdamiz.
EIning Erasmus dasturi ko'magida milliy oliy ta'lim muassasalari uchun seminar tashkil etib kelmoqdamiz.
YUqoridagi masalalar bo'yicha EIning Twinning va TAIEX dasturlari yordamida hamkorlik aloqalari yanada kengaytirish niyatidamiz.
Umid qilamizki, bugungi uchrashuv ko'p tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda muhim qadam bo'lib xizmat qiladi va belgilangan vazifalar muvaffaqiyatli amalga oshiriladi.
elchi SHarlotta Adrian xonim iliq qabul va berilgan batafsil ma'lumotlar uchun minnatdorlik bildirar ekan, ta'lim sohasi bo'yicha takliflarni qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ma'lum qildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ko'tarilgan masalalar yuzasidan hamkorlik aloqalarini izchil davom ettirishga kelishib olishdi, deyiladi inspektsiya axborot xizmati xabarida.