Ushbu tavsiya regulyatorning 30-oktabr, chorshanba kuni taqdim etilgan fuqarolik va harbiy yordamni kuchaytirish bo'yicha hisobotida keltirilgan.
Hisobot mualliflari fuqarolarga o'zlarini asosiy ehtiyojlar bilan ta'minlash, shuningdek, kimyoviy, biologik yoki yadroviy hodisalar yuz berganda yo'riqnomalar ishlab chiqishni tavsiya qiladi.
Yevropa Komissiyasi, shuningdek, aholiga ko'rilgan choralar zarurligini tushuntirish uchun inqirozga tayyorgarlik ko'rish Yevropa kunini belgilashni tavsiya qildi. Hisobot mualliflari YI Rossiyaning gibrid hujumlariga va Yevropa Ittifoqidagi vaziyatni beqarorlashtirishga urinishlariga yetarli darajada tayyor emas degan xulosaga kelishdi.
Mutaxassislar, boshqa narsalar qatori, milliy razvedka xizmatlari va YI razvedka markazi o'rtasida yanada samarali hamkorlikni ta'minlaydigan maxsus diversiyaga qarshi tarmog'ni ishlab chiqish zarur deb hisoblaydi.
Hisobot mualliflariga ko'ra, terrorizm, josuslik va qo'poruvchilikka qarshi kurashish uchun shifrlangan ma'lumotlarga kirishni ta'minlaydigan qonunchilik bazasini yaratish zarur.
Hisobotda, shuningdek, mudofaa mahsulotlari uchun yagona Yevropa bozorini yaratish tavsiya etiladi. Bu, mualliflarning fikricha, qurol-yarog' va harbiy texnika xarid qilish yo'lidagi to'siqlarni bartaraf etadi, deb xabar beradi dw.com.