Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida Yevroparlamentga saylovlar boshlanmoqda

    Yevroparlamentga saylovlar Yevropa Ittifoqining barcha davlatida 6 – 9-iyun kunlari bo'lib o'tadi.

    Saylov har bir davlatning milliy qonunchiligiga muvofiq o'tkaziladi: Niderlandiya 6-iyunda, Irlandiya va Chexiyada 7-iyunda, Italiya, Latviya, Malta, Slovakiyada 8-iyunda, ko'pchilik hamjamiyat mamlakatlarida 9-iyunda ovoz beriladi.

    Yevropa Ittifoqi mamlakatlari umumiy 452 million aholiga ega bo'lib, shundan saylovchilar soni 375 million kishini tashkil qiladi.

    Yevroparlamentdagi 720 o'rin mavjud bo'lib, Yevropa Ittifoqi davlatlari Yevroparlamentda aholisiga mutanosib tarzda qat'iy belgilangan miqdordagi mandatlarga ega bo'ladi. Misol uchun, Germaniya uchun 96, Kipr, Malta va Lyuksemburg uchun ularning har biriga 6 tagacha mandat to'g'ri keladi. Har bir Yevropa Ittifoqi davlatida bu o'rinlar uchun ularning siyosiy partiyalari o'rtasida kurash olib boriladi, deb xabar beradi tass.ru.