Bu haqda Oʻzbekiston Prezidentining Jahon savdo tashkiloti masalalari boʻyicha maxsus vakili Azizbek Oʻrunov oʻzining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida maʼlum qildi.
«Bu hafta Bryusselda biz Yevropa Ittifoqi bilan JSTga aʼzo boʻlishimiz boʻyicha samarali ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazdik.
Xizmatlar boʻyicha muzokaralar yakunlanganini eʼlon qilishdan mamnunman.
Tovarlar boʻyicha hali ham baʼzi ishlar qilishimiz kerak, yaqin oylarda tugatish koʻzda tutilgan.
Shuningdek, “DG Trade” rahbariyati bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda kelgusi yilda Oʻzbekistonni MS14 tomonidan JSTga qoʻshilishida Yevropa Ittifoqining toʻliq qoʻllab-quvvatlashini eshitish quvonarli boʻldi«, — dedi u.