Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili bilan telefon muloqoti boʻlib oʻtdi

    Xalqaro hamkorlik 20 Oktabr 2021 445

    2021-yil 19-oktyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili, Yevropa Komissiyasi vitse-prezidenti Jozep Borrel bilan telefon orqali muloqot qildi.

    Muzokaralar chogʻida Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari hamda “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” va “Oʻzbekiston – Yevropa Ittifoqi” shaklida boʻlib oʻtadigan tadbirlar muhokama qilindi.

    Afgʻonistondagi bugungi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. Yevropa tomoni Oʻzbekistonning qoʻshni mamlakatda tinchlik va barqarorlikni oʻrnatishga koʻmaklashish hamda afgʻon xalqiga gumanitar yordam koʻrsatishga qaratilgan chora-tadbirlarini yuqori baholadi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.