Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-4-aprel kunlari Samarqand shahrida «Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi« birinchi sammiti boʻlib oʻtadi.
Bugun, 2-aprel kuni Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen mazkur sammitda ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Yuqori martabali mehmonni Samarqand xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Qisqa suhbatdan soʻng, Yevropa komissiyasi Prezidenti oʻzi uchun ajratilgan qarorgohga joʻnab ketdi.