Ta’kidlash lozimki, bugungi kunda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Yevropa Taraqqiyot va Tiklanish Banki bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.
Uchrashuv davomida raqamli iqtisodiyot doirasida hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish, O‘zbekistonda keng polosali aloqani kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Tomonlar keng va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini qayd etib, ularni yanada rivojlantirish uchun sa’y-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.