Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining aloqa departamenti direktori bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Xalqaro hamkorlik
8 iyl 2022, 10:32
2 198
Joriy yil 6-iyulda Oliy Majlis Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari F.Boqiyevning Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining aloqa departamenti direktori Dj.Charlz bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Unda tomonlar davlat organlari va tashkilotlari ochiqligini taʼminlash, mazkur jarayonga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish va boshqa bir qator masalalarni muhokama qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.