Gulnoza Ismoilova mamlakatimizda gender tengligi va demokratik jarayonlar uchun eʼtirof etilgan, deya xabar beradi Markaziy saylov komissiyasi axborot xizmati.

Maʼlumot oʻrnida, “Ayollar Yevropasi” mukofotlari Xalqaro Yevropa Harakati va Yevropa Ayollar Lobbisi tomonidan Yevropa harakatlarining bir nechta milliy kengashlarining milliy mukofotlari asosida tashkil etiladi.

Mukofot jamiyatda va hayotda faolligi bilan minglab ayollarning ovoziga aylangan, ayollar haqidagi mavjud stereotiplarni oʻz faoliyati bilan oʻzgartirishga hissa qoʻshayotgan ayollar uchun eʼtirofdir.

Mazkur taqdimot ilk bor 2019-yilda turli qitʼalardan yigʻilgan ayollar ishtirokida oʻtkazilgan. Shundan buyon Yevropa Ittifoqining mazkur mukofoti jahonning barcha davlatlaridan ishbilarmon, bilimli va faol ayollarni taqdirlash va ularni mehnatini dunyo hamjamiyatiga tanishtirish maqsadida tashkil etib kelinmoqda.