Bu haqda DW xabar berdi.

JSSTning 2019-yilga oid aniqlashtirilgan ma'lumotlariga ko'ra, Yevropada jarohatlardan taxminan 145 000 o'lim alkogol bilan bog'liq bo'lgan.

Ko'pincha bu mast holda yo'l-transport hodisasiga uchraganlar yoki ichimlik ichib jarohat olganlardir.

Shuningdek, 2019-yili Yevropada qayd etilgan 26,5 ming o'lim “odamlar o'rtasidagi zo'ravonlik” oqibatida sodir bo'lgan bo'lib, ushbu toifadagi holatlarning 40 foizdan ortig'i ichimlik bilan bog'liq bo'lgan.

Yevropa mintaqasi dunyoda eng ko'p alkogol` iste'mol qiladigan hudud sanaladi. Bunga javoban JSST Yevropa mamlakatlariga alkogolli ichimliklarga soliqlar va narxlarni oshirishni, alkogol sotiladigan soatlar, kunlar va joylarni cheklashni, shuningdek, alkogolli ichimliklar reklamasini taqiqlashni yoki cheklashni tavsiya qiladi, deb xabar berdi oz.inform.kz.