Tungi poyezd qitʼa boʻylab shaharlarni bogʻlaydigan marshrutlar tarmogʻini toʻldiradi.

Poyezd kechki soatlarda Pragadan Drezden orqali joʻnaydi. Berlin va Amsterdam orqali tongda, belgilangan vaqtda Bryusselga etib boradi. Yoʻlovchilar oʻrindiqlar va kupelar bilan taʼminlanadi, bepul internet, nonushta, qahva va boshqa xizmatlar taqdim etiladi.

Germaniya, Avstriya, Fransiya va Shveysariya davlat temir yoʻllari bunday transportni qayta tiklash uchun investitsiya fondi bilan hamkorlik qilishini eʼlon qildi.

Toʻrt yil oldin Germaniyaning Deutsche Bahn temir yoʻli yoʻlovchilar kamligi sababli barcha vagonlarini foydasiz deb eʼlon qilgan va sotgandi. Ammo iqlim oʻzgarishi va COVID-19 pandemiyasi sayohatchilarning manzilga etib borishi bilan bogʻliq rejalarga taʼsir koʻrsatdi.

Keyingi toʻrt yilda yana beshta yoʻnalish ishga tushirilishi kutilmoqda. 2021-yil dekabrga qadar Myunxen orqali Vena va Parij oʻrtasida, shuningdek Syurix va Amsterdam oʻrtasida yangi tungi poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi. Syurix va Rimni bogʻlaydigan poyezdlar 2022-yil dekabrdan qatnaydi.

2023-yil dekabrda Berlin va Bryussel orqali oʻtadigan yana bir Vena - Parij yoʻnalishi paydo boʻladi. Syurix va Barselona oʻrtasidagi tungi poyezdlar 2024-yil dekabrda ish boshlaydi.