Yevropadagi yirik banklarining foydasi birinchi marta 100 milliard yevrodan oshdi

    Yevropaning yirik banklarining umumiy foydasi 2023-yilda birinchi marta 100 milliard yevrodan oshdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

    Yevropaning 20 ta eng yirik banklarining umumiy sof foydasi 2022-yildagi 78 milliard yevrodan 103 milliard yevroga yetdi.

    Rentabellikning keskin o'sishi banklarning sarmoyadorlarga qaytaradigan mablag'lar hajmini va ularning ulushlarini oshirishga imkon berdi. O'tgan yili mintaqaviy banklar indeksi taxminan 20 foizga o'sdi, deb xabar beradi korrespondent.net.