Uchrashuvda Oʻzbekistonning ushbu tashkilot oʻrtasidagi hamkorligining ustuvor yoʻnalishlari koʻrib chiqildi. Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan Prezident saylovida Assambleyaning kuzatuvchilari missiyasining ishtiroki hamda YEXHT PA prezidentining Oʻzbekistonga boʻlajak tashrifi bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi.
M.Sederfelt mamlakatimizning mazkur tashkilot bilan faol hamkorligini yuqori baholadi, shu tufayli soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Assambleya oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarilganini taʼkidladi.
U Parlament assambleyasi kuzatuvchilari missiyasining shu yil 24-oktyabrda Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan Prezident saylovini kuzatishda ishtirok etishga taklif etilgani uchun minnatdorlik bildirdi. Uning soʻzlariga koʻra, PA delegatsiyasi saylovda yuqori darajadagi tarkibda ishtirok etadi va bu Tashkilot doirasida Oʻzbekistonga “alohida eʼtibor berilayotgani”dan dalolat beradi.
M.Sederfelt yaqinda yangi tayinlangan Assambleya vitse-prezidenti, Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Pia Kaumning faoliyati doirasida mintaqadagi mamlakatlar, ayniqsa, birinchi navbatda Oʻzbekiston bilan yaqindan hamkorlik qilishini bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar oʻrtasida YEXHT PA prezidenti Margaret Sederfeltning yaqin vaqt ichida Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.