Uchrashuv davomida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan samarali ishlarga toʻxtalib oʻtildi.
Shuningdek, 2021-2022-yillarda Oʻzbekistonda YEXHT loyihalarini amalga oshirish borasida kelgusida vazirlik bilan hamkorlikda tashqi mehnat migratsiyasi va migrantlarning reintegratsiya masalalari boʻyicha umumiy summasi 250 000 yevroni tashkil etuvchi loyihalar muhokama etildi.
Bundan tashqari, xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarga reintegratsiya jarayonida koʻmaklashish, Markaziy Osiyo davlatlarining tegishli idoralari bilan hamkorlikda tashqi migratsiyasi sohasidagi yetakchi xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda seminarlar, davra suhbatlari tashkil etish borasida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar xususida alohida toʻxtalib oʻtildi, deb xabar beradi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati.