Biz ustozlarni ulugʻlagan elmiz. Men Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanining eng chekka qishlogʻida istiqomat qilayotgan  6-sonli maktabning qozoq tili va adabiyoti oʻqituvchisi ustozim Isboskanov Rinat haqida soʻz yuritmoqchiman. U kasbdoshlari va shogirdlari qalbiga yoʻl topa olgan yetuk mutaxassis, kelajak avlod ertasini oʻylagan fidoyi inson.

Mashaqqatli va mazmunli faoliyati davomida muallim koʻplab iqtidorli shogirdlar tayyorladi. Shulardan biri Nurbibi Amonqosova 2015-yili oʻquvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan qozoq tili va adabiyoti fanidan oʻtkazilgan fan olimpiadasining tuman bosqichida I oʻrinni, Respublika bosqichida II oʻrinni egalladi. 2016-yili shogirdi  Almagʻanbetova Sanbugʻash ona tili va adabiyot fanidan oʻtkazilgan fan olimpiadasining tuman hamda respublika bosqichlarida faxrli 1 oʻringa sazovor boʻldi va Navoiy viloyatida oʻtkazilgan Respublika final bosqichida kuchli 10 lik qatoridan joy egallab, maktabni “Oltin medal” bilan tamomladi.

Ayni paytda ushbu shogirdlar Oliy oʻquv yurti talabalari.

Bu yutuqlar ustozimning teran bilimi  va tajribasining natijasidir. Ustozning mehnatlari yuqori baholanib “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi. Bugun men shunday ustozlari bilan birgalikda, oʻzim tahsil olgan maktabda yonma-yon  faoliyat yuritayotganimdan faxrlanaman.