“Bolalar borgan sari o'z ota-onalaridan do'stlari bilan aloqada bo'lishlariga yordam beradigan dasturni yoqishlarini so'rashmoqda. Ayni paytda ota-onalarda bunday imkoniyat ko'p ham mavjud emas. Shuning uchun biz Messenger Kidsda bo'lgani kabi — bolalar uchun qulay va ota-onalar tomonidan boshqariladigan qo'shimcha dastur yaratish ustida ish olib bormoqdamiz. Biz bolalarning do'stlari bilan aloqada bo'lish, yangi sevimli mashg'ulot va qiziqishlarini kashf etishlari uchun Instagramda ota-onalar tomonidan boshqariladigan tizimni kiritishni rejalashtirmoqdamiz”, — dedi Facebook vakili Jo Osborna.

Messenger Kids — Facebook xabar almashish dasturining o'spirin versiyasi. Ushbu dasturda ota-onalar nazorati mavjud. Uning kamchiligi, ilgari ayrim hollarda bolalarga ota-onasining roziligisiz odamlar bilan muloqot qilish imkoniyatini berardi. Ushbu hodisa bolalarni etarli darajada himoya qilmaslik to'g'risidagi normativ xavotirlarni keltirib chiqardi. Yangi dasturda esa ota-onalarning qat'iy nazorati o'rnatiladi.