Falastin Bosh vaziri: G'azo uchun urushdan keyingi qayta tiklash rejasi tayyorlandi

    Falastin Bosh vaziri Muhammad Mustafo hukumat Isroilning harbiy hujumi tugaganidan so'ng darhol G'azoni qayta tiklash ishlarini boshlashga tayyorligini bildirdi.

    The Times of Israel nashrining xabar berishicha, Bosh vazir, shuningdek, vayronalarni tozalash, yo'llarni ochish va vaqtinchalik boshpanalarni ta'minlash asosiy ustuvor vazifalardan ekanini ta'kidlagan.

    Anklavni rekonstruksiya qilish rejasi, shuningdek, mahalliy va xalqaro hamkorlar bilan ishlab chiqilgan 3500 ga yaqin loyihalarni qamrab oluvchi 56 ta dastur uchun mablag' yig'ishni maqsad qilgan Qohirada rekonstruksiya konferensiyasini o'z ichiga oladi, deb xabar berdi report.az.