Bu haqda Oʻzbekistonning Qohiradagi elchisi Mansurbek Qilichev xabar berdi, deb yozmoqda “ Gazeta.uz”.
Maʼlum qilinishicha, ushbu evakuvatsiya amaliyoti ikki davlatning Sogʻliqni saqlash vazirliklari hamkorligida Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirildi, deyiladi xabarda.
Qilichevning taʼkidlashicha, evakuvatsiya qilingan falastinliklar yurtlariga qaytgunlaricha Oʻzbekistonda qoladi. Ushbu bemor falastinliklar davolanish va sogʻliqlarini qayta tiklash uchun reabilitatsiya markazlari va shifoxonalarga joylashtiriladi, deya qoʻshimcha qildi Qilichev.
Oʻzbekiston hukumati ularga mamlakatda boʻlish davrida oilasining barcha ehtiyojlari, jumladan, mehmonxonalar, maktablar, oziq-ovqat va boshqa narsalar bilan taʼminlaydi.
Mansurbek Qilichevning tushuntirishicha, Oʻzbekiston prezidenti 2024-yil noyabr oyida boʻlib oʻtgan Falastin masalasiga bagʻishlangan favqulodda arab-islom sammiti oldidan soʻzlagan nutqida Falastin hududlarida harbiy operatsiyalarni toʻxtatish va xavfsiz gumanitar yoʻlaklarni taʼminlash muhimligini taʼkidlab, Toshkent jarohatlangan falastinlik bolalar va ayollarni davolash uchun qabul qilishga tayyorligini maʼlum qilgan.
«Biz Falastin xalqiga amaliy yordam koʻrsatish masalalarini kelgusi yili Samarqandda oʻtadigan „Koʻrfaz arab davlatlari — Markaziy Osiyo« sammitida ham muhokama qilish niyatidamiz», — degandi davlat rahbari.