28-may, chorshanba kuni tashkilot o'zining X ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida BMTning Jahon oziq-ovqat dasturining (WFP) G'azo sektoridagi omboriga “Ochlikdan azob chekayotgan olomon” bostirib kirgani haqida xabar berdi.
Hodisa oqibatida, dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, ikki kishi halok bo'lgan. Bir necha kishi jarohatlangan, deb xabar beradi dw.com.
“G'azo 80 kunlik to'liq qamal oqibatida oziq-ovqat va boshqa yordam yetkazib berish to'xtatildi, insonparvarlik ehtiyojlari nazoratdan chiqib ketdi”, deyiladi Jahon oziq-ovqat dasturi hisobotida. Unda G'azo sektorida oziq-ovqat mahsulotlarini tartibli ravishda tarqatish uchun “darhol” “insonparvarlik tashkilotlari uchun xavfsiz va to'siqsiz kirish” talab qilingan. Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL), o'z navbatida, 27-may kuni ijtimoiy tarmoqlarida 400 ta yuk mashinasi insonparvarlik yordami bilan “G'azoda BMT ularni tarqatishini kutayotganini” yozdi. “Noto'g'ri ma'lumotlarga berilmang, SAXAL va COGAT (Hukumatning hududlardagi faoliyati koordinatori, Isroil Mudofaa vazirligining Falastin hududlaridagi ish uchun mas'ul bo'linmasi) logistika va xavfsizlik bayonnomalarini moslashtirdi. BMT o'z ishini bajarishdan bosh tortishda davom etmoqda”, deya qo'shimcha qildi Isroil harbiylari.