Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
“Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarorga koʻra, 2025-yil 1-yanvardan:
— nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan terma jamoalar rahbarlarini jamoaning natijasiga qarab ragʻbatlantirish tartibi joriy etiladi;
— asosiy fan olimpiadalarining hududiy va respublika bosqichlarida hamda xalqaro olimpiadalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar, ularning oʻqituvchilari va terma jamoalar rahbarlariga toʻlanadigan pul mukofotlari va beriladigan sovgʻalar daromad soligʻidan ozod etiladi.
2025-yil 1-dekabrgacha:
— xalqaro va mahalliy fan olimpiadalari natijalarining doimiy statistikasini yuritish, onlayn fan olimpiadalarini tashkil qilish va oʻtkazish hamda olimpiadalar ishtirokchilarining maʼlumotlar bazasini shakllantirish imkonini beruvchi elektron platforma yaratiladi;
— Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan buyuk allomalar nomi bilan ataladigan xalqaro fan olimpiadalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar joylashtiriladigan, mahalliy va xorijiy oʻquvchilarning ushbu olimpiadalarda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtishlarini taʼminlaydigan maxsus sayt ishga tushiriladi.