Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarga qo‘shgan munosib hissasi, o‘zining yorqin iste’dodi, keng qamrovli ijodiy, ilmiy-amaliy faoliyati bilan xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, mamlakatimizda ilm-fan, ta’lim, sport, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirish, yoshlarimizni ona yurtga cheksiz muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi samarali xizmatlari hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvonlar bilan taqdirlansin:

 

 «O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi» faxriy unvoni bilan

Xalmuradov Rustam Ibragimovich - Samarqand davlat universiteti rektori

Egamberdiyev Shuxrat Abdumannapovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Astronomiya instituti direktori

 

«O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi» faxriy unvoni bilan

Anvarov Ismoil Boyqulovich - Bandixon tumanidagi 17-bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchisi, baxshi, Surxondaryo viloyati

 

«O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi» faxriy unvoni bilan

Axmadaliyev Fayzullaxan - O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, rassom

Ismailov Bobir Abduraximovich - Toshkent shahridagi «Caravan Group» mas’uliyati cheklangan jamiyati rassomi

 

«O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi» faxriy unvoni bilan

Inoyatov Djurakul Baxritdinovich - Samarqand shahridagi «Usto» sho‘’ba korxonasi badiiy rahbari, Samarqand viloyati

Kamalov Shokir Sharifovich - Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, temirchi usta, Buxoro viloyati

Raximov Toxir Axmedovich - «Hunarmand» uyushmasining Nurota tumani bo‘limi a’zosi, toshtarosh-usta, Navoiy viloyati

 

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan

Akbarov Xamidulla Ilyasovich - O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zosi, kinoshunos

Dadabayev Xamidulla Aripovich - Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining o‘zbek filologiyasi fakulteti til nazariyasi kafedrasi professori

Isomov Boxodirjon Sirojiddinovich - Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining adabiyot fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati

Isxakov Mirsadik Mirsultanovich - Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining manbashunoslik va tasavvuf germenevtikasi kafedrasi mudiri

Umurzakov Uktam Pardayevich (marhum) - O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim Kengashi sobiq raisi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining sobiq rektori

Xudayberganov Kamiljon - «Ichan-qal’a» davlat muzey-qo‘riqxonasi ilmiy kotibi, Xorazm viloyati

 

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvoni bilan

Mamajonov Tursunali - Farg‘ona tumanidagi «Vodil chinori» xalq dorbozlik jamoasi badiiy rahbari, Farg‘ona viloyati

Filanovich Margarita Ivanovna - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Milliy arxeologiya markazi yetakchi ilmiy xodimi

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi» faxriy unvoni bilan

Aripova Tamaraxon O‘ktamovna - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Immunologiya va inson genomikasi instituti direktori

Zufarov Mirjamol Mirumarovich -Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktorining yuqori texnologiyalar bo‘yicha o‘rinbosari

 

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni bilan

Kapadze Timur Taxirovich - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi va «Olimpik» futbol klubi bosh murabbiysi

Muminov Vladimir Murzanovich - «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyati xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining jismoniy tarbiya va sport bo‘limi murabbiysi

 

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» faxriy unvoni bilan

Zabelinskaya Olga Sergeyevna - Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining velosport bo‘limi sportchisi

 

Xalqimizning ilmiy-intellektual salohiyati va ma’naviyatini yuksaltirish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, adabiyot, san’at, jismoniy tarbiya va sport sohalari hamda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish borasida erishayotgan yuksak natijalari, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, jamiyatda tinchlik va totuvlik, ijtimoiy-ma’naviy barqarorlikni ta’minlash, yosh avlodni yuksak g‘oyalar ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashga qo‘shgan ulkan hissasi hamda jamoat ishlaridagi ko‘p yillik samarali ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:

 

«El-yurt hurmati» ordeni bilan

Radjabov Xasan Yunusovich - Yunus Rajabiy uy-muzeyi direktori

Utaganov Yulbars Xajimatovich - Izboskan tumanidagi «Utaganov Yulbars» oilaviy korxonasi rahbari, Andijon viloyati

Yusupov Sharofidin Isomidinovich - «Hunarmand» uyushmasining Rishton tumani bo‘limi a’zosi, kulol, Farg‘ona viloyati

 

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

Matyakubov Ataxan - Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining doston ijrochiligi kafedrasi dotsenti

 

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Abdullayev Ramazon Bobomurodovich - Boysun tumanidagi 53-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati

Abdullayev Rustam - O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi

Abdullayev Fatxulla Xabibullayevich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Fizika-texnika instituti bosh ilmiy xodimi

Babayeva Kubara - Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, kulol, Buxoro viloyati

Iskandarov Bo‘ri - Kasbi tumanidagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Isroilov Barot - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, Toshkent viloyati

Niyozov Soyibjon Navruzovich - Toshkent viloyati namunali «Maqom» ansambli xonandasi

Turayev Isok Latipovich - Qashqadaryo viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig‘i

Umarova Dilorom Kuchkarovna - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi faxriysi

Usmanov Aziz Magdaliyevich - «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» milliy tadqiqot universitetining texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish kafedrasi professori

Fayzulayev Saidbaxram - G‘allaorol tumani madaniyat bo‘limiga qarashli «Marjon» folklor-etnografik xalq ansambli badiiy rahbari, Jizzax viloyati

Xatamova Yorkinoy G‘aniyevna - Farg‘ona viloyati musiqali drama teatri aktyori

Xasanov Baxtiyor Vaxapovich - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyi direktori

 

«Do‘stlik» ordeni bilan

Abdukunduzova Valentina Nikolayevna - O‘zbek Milliy akademik drama teatri grim ustaxonasi mudiri

Abdullayeva Mexrijon Kabirovna - Namangan viloyati musiqali drama teatri aktyori

Abduraxmanov Sayib - Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali metallurgiya kafedrasi professori

Azamatova Karima Nabiyevna - Guliston shahar ko‘zi ojizlar madaniyat markazining Brayl yozuvi bo‘yicha to‘garak rahbari, Sirdaryo viloyati

Ansatbayev Najimatdin - O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialining rejissyorlik va aktyorlik mahorati kafedrasi professori

Astafurova Natalya Konstantinovna - Yangiyer shahridagi «Barkamol avlod» bolalar maktabi direktori, Sirdaryo viloyati

Beknazarov Turgun Saidovich - Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali  teatri solist-vokalisti

Berdimuratova Alima Karlibayevna - Qoraqalpoq davlat universitetining ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Buxaidze Igor Shalvovich - O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri aktyori

Zaynidinov Sirojiddin Savranbekovich - Xalqaro shaxmat akademiyasi murabbiysi

Kazakov Viktor Timofeyevich - R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi o‘qituvchisi

Katayeva Vera Sergeyevna - Qarshi shahar bolalar-o‘smirlar sport maktabining badiiy gimnastika bo‘yicha murabbiysi, Qashqadaryo viloyati

Kattayev Komilxon Salohiddinovich - Maxdumi A’zam ilmiy-tadqiqot fondi rahbari, Samarqand viloyati

Kudbiyev Davlatbay - Farg‘ona politexnika institutining buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi professori, Farg‘ona viloyati

Litvinenko Irina Anatolevna - «O‘zbekfilm» kinokonserni» davlat unitar korxonasi liboslar bo‘yicha postanovkachi rassomi

Madraximova Ziyoda Ubaydullayevna - Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi «Bahor» davlat raqs ansambli badiiy rahbari

Malikov Rashid Karimovich - «O‘zbekfilm» kinokonserni» davlat unitar korxonasi postanovkachi rejissyori

Mullaxanov Azim Azizovich - «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi

Musabayev Xusan Kasimovich - «Mahalla» teleradiokanalining «Televizion miniatyuralar teatri» aktyori

Nuratdinova Zamira Kalbayevna - Qoraqalpog‘iston Respublikasi leprozoriysi bosh shifokori

Pirmatov Serik - Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining amaliy grafika kafedrasi dotsenti

Prekeshova Anargul Usenovna - Mo‘ynoq tumanidagi 7-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Prjanov Tursunbay Maribjanovich - Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri solist-vokalisti

Samadov Raxmatulla Sunatullayevich - Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining maqom cholg‘u ijrochiligi kafedrasi dotsenti

Sotnikova Tatyana Nikolayevna - V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining maxsus fortepiano bo‘limi o‘qituvchisi

Tashkenbayeva Nelya Valiaxmedovna - teatr va kino aktyori, dublyaj ustasi

Temirov Amirjon Boboavezovich - So‘x tumanidagi 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Farg‘ona viloyati

Toshev Davron Bo‘ronovich - O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, miniatyurachi rassom, Buxoro viloyati

Tuychiyeva Sayyora Suyarqulovna - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir

Turayev Yunus Sharipovich - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining estrada xonandaligi kafedrasi professori

Ubaydullayev Raxim Kutfidinovich - Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, pichoqchi usta, Namangan viloyati

O‘narov Sobir Hamzayevich - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi

Usmanov Yuldash - «Bulbuliguyo» folklor-etnografik xalq ansambli a’zosi, Surxondaryo viloyati

Fayzullayeva Elmira Tulkunovna - Suv sporti turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining sinxron suzish bo‘limi murabbiysi

Xayretdinova Farida Faritovna - Andijon olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejining voleybol bo‘yicha murabbiysi, Andijon viloyati

Xakimdjonov Xatam Xalilovich - O‘zbek milliy maqom san’ati markazi huzuridagi Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri artisti, badiiy so‘z ustasi, Farg‘ona viloyati

Xamzayev Faxritdin Kutfutdinovich - O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, ganch o‘ymakorligi ustasi, Toshkent shahri

Shukurov Eshqabil Jurayevich - «Ma’naviy hayot» jurnali bosh muharriri

Ergashov Jalil Umarovich - Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi,  xattot, Samarqand viloyati

Yuldashova Nozik Abdusalomovna - Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, kashtado‘z, Samarqand viloyati

Yusupova Venera Ismetovna - O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining qo‘g‘irchoq teatri san’ati kafedrasi dotsenti

 

II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

Axmedova Mamagul Fayziyevna - Qarshi tumanidagi «Momogul» folklor-etnografik xalq ansambli a’zosi, Qashqadaryo viloyati

Yeshimbetova Aydin Ibadullayevna - O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining  xoreografiya kafedrasi katta o‘qituvchisi

Kamalov Jamaliddin Sayfitdinovich - Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori, Toshkent shahri

Mamatkulov Abdulxamid - Guliston ixtisoslashtirilgan san’at maktabining xalq cholg‘ulari kafedrasi oliy toifali o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati

Salimova Nigora Abdulkarimovna - Uchtepa tumanidagi 107-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Toshkent shahri

Solomonova Svetlana Andreyevna -  Olmaliq shahridagi 8-bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchisi, Toshkent viloyati

Soxibova Maxsuda Mamadiyorovna - Samarqand viloyati Bolalar uyi bosh shifokori

Tog‘ayeva Adolat - Nurobod tumanidagi «Tegirmonboshi» mahalla fuqarolar yig‘ini kutubxonasi mudiri, Samarqand viloyati

Umbarov Salim Shukurovich - Farg‘ona viloyati sportning yakkakurash turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabining kamondan o‘q otish bo‘yicha murabbiysi

Xolmatova Mavludaxon Tursunovna - Andijon tumanidagi 7-musiqaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘qituvchisi, Andijon viloyati

Xolmuratova Odinaxon Mamitovna - Jalaquduq tumanidagi 12-maktabgacha ta’lim muassasasi direktori, Andijon viloyati

Cheprunova Lyubov Nikolayevna - Respublika oliy o‘smirlar sport mahorati maktabining yengil atletika bo‘yicha murabbiysi

Shakirov Roman Ildarovich - Sport yakkakurashlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining sambo bo‘limi katta murabbiysi

Yusupov Norkuli Tursunovich - O‘zbekiston bel olish va uchkurash assotsiatsiyasi raisi

 

II darajali «Salomatlik» ordeni bilan

Nariyev Eduard Ustemirovich - Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy markazining Jizzax filiali bosh shifokori

Nurova Zoya Ramazanovna - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filialining tez tibbiy yordam bo‘limi mudiri

Strigina Zarema Subbiyevna - Toshkent viloyatidagi «Metallurg» shifoxonasi bosh shifokori

Suyarova Nuriya Egamberdiyevna - Dehqonobod tumani tibbiyot birlashmasining nevrologiya bo‘limi mudiri, Qashqadaryo viloyati

Yusupaliyev Baxodir Kaxramanovich - O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i

 

«Sog‘lom turmush» medali bilan

Artukbayeva Nigora Narko‘ziyevna - Guliston shahar tibbiyot birlashmasining 3-oilaviy poliklinikasi umumiy amaliyot shifokori, Sirdaryo viloyati

Baratova Shahzoda Abdullajonovna - Kosonsoy tumanidagi 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati

Raxmonova Gavxar Abdulazizovna - Namangan tumani tibbiyot birlashmasining 12-oilaviy poliklinikasi tibbiy brigada hamshirasi, Namangan viloyati

 

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

Bazarov Oybek Sunnatovich - Navoiy viloyati ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi uslubchisi

Gizatullina Alina Albertovna - «Ommaviy xalq bayramlari» mas’uliyati cheklangan jamiyati qoshidagi «Yoshlar baleti» guruhi artisti

Xamdamova Sabina Utkurovna - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining davlat xor kapellasi artisti

Xoshimov Davron  Islom o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi «O‘zbekiston davlat simfonik orkestri»  davlat muassasasi artisti

Shermetova Saboxat Bardiboy qizi - Xiva shahar madaniyat bo‘limiga qarashli «Sayqal» folklor-etnografik xalq ansambli to‘garak rahbari, Xorazm viloyati

 

«Shuhrat» medali bilan

Abduraxmonova Mexri Qudratovna - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Jizzax viloyati bo‘limi rahbari, shoir

Agajanova Nazira Nabiyevna - Farg‘ona viloyati «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat-uyi sanitar-enagasi

Azimov Ma’ruf Maxmudovich - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining «Navro‘z» ashula va raqs ansambli sozandasi

Alimardanov Rustam G‘ayratovich - Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti

Alimova Nigora Israilovna - O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi «Mehrli maktab» davlat ta’lim muassasasi direktori

Asadov Mansur Mirdjamolovich - Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, yog‘och o‘ymakorligi ustasi, Samarqand viloyati

Jonibekov Ziyodullo Toshtemirovich - O‘zbekiston Milliy axborot agentligining axborot uzatish xizmati boshlig‘i

Izamov Djamshid Anvarovich - «Hujjatli va xronikal  filmlar kinostudiyasi» davlat unitar korxonasi ovoz rejissyori

Islamov Narimon Kabuljanovich - O‘zbekiston Respublikasi Bolalar milliy tibbiyot markazining 2-kardioxirurgiya bo‘linmasi mudiri

Qurbonov Qo‘chqor - Chiroqchi tumanidagi «Chiroqchi chiroqlari» folklor-etnografik xalq ansambli badiiy rahbari, Qashqadaryo viloyati

Mamadaliyeva Saida Farmanovna - Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti

Mansurov Furkat Xusnutdinovich - Respublika «Usto» uyushmasi tarkibidagi «Toshkent badiiy keramika tajriba kombinati» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari

Mirzaaxmedov Rasuljon Turgunbayevich - Respublika «Hunarmand» uyushmasining Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i, mato to‘quvchi usta

Mirmaxmudova Kamola Mirnigmatovna - Olmazor tumanidagi 522-ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi logopedi, Toshkent shahri

Nazarov Baxromjon Baxtiyorovich - «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi

Raimova Feruza Baxodirjonovna - Toshkent shahridagi «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan bolalar uchun 1-internat-uyi tarbiyachisi

Ruzmetov Alisher Ganiyevich - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining «O‘zbekiston» ashula va raqs ansambli xonandasi

Samandarova Sayyora Erkinovna - Urganch shahar hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Xorazm viloyati

Tog‘oyev Maxmud Abdulloyevich - Navoiy olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejining og‘ir atletika bo‘yicha murabbiysi

Tohirov Hamza Bobojonovich - Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tasarrufidagi Shofirkon tumani axborot-kutubxona markazi direktori, Buxoro viloyati

Umarov Anvarjon Abdurasulovich - Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, beshikchi usta, Andijon viloyati

O‘rinova Maxfuza Maxammatsalimovna - Marhamat tumanidagi 3-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internati direktori, Andijon viloyati

Xaydarov Ruslan Rajabovich - «Diydor» yoshlar eksperimental teatr-studiyasi davlat muassasasi sahnalashtiruvchi rejissyori, Toshkent shahri

Xidirova Bahor Hazratqulovna - «Yangi O‘zbekiston» gazetasi muxbiri

Xolmuminov Asqar Sayfullayevich - O‘zbek Milliy akademik drama teatri bosh rejissyori

Eshonova Salimaxon Nishonbek qizi - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti bo‘lim boshlig‘i

Yuvakayeva Inessa Maratovna - «Ichan-qal’a» davlat muzey-qo‘riqxonasi ekskursovodi, Xorazm viloyati

Yunusov Akramxon Xakimjonovich - Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, kandakor, Farg‘ona viloyati

Yaqubov Ikrambay O‘rinovich - Xonqa tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘limi mudiri, Xorazm viloyati

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti             Sh.Mirziyoyev