Unda Senat aʼzolari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari doimiy komissiyalari raislari, Qoʻmita huzuridagi ekspertlar guruhi aʼzolari, tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Dastlab Senatning oʻn beshinchi yalpi majlisida muhokama qilinishi rejalashtirilgan masalalar koʻrib chiqildi. Xususan, “Fazoviy maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni muhokama qilindi.

Qonunchilik jarayoni rivojlanishining yangi bosqichi va fazoviy maʼlumotlarni yaratish va ulardan foydalanish sohasidagi faoliyat yuritishda huquqiy, iqtisodiy, boshqaruv va tashkiliy asoslarini yuridik mustahkamlash maqsadida “Fazoviy maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonun ishlab chiqilgan.

Ushbu Qonun tasdiqlanishi bilan fazoviy maʼlumotlarni yaratish va ulardan foydalanish, fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasini yaratish, qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish sohasida munosabatlar tartibga solinishi taʼkidlandi.

Shundan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining 2020-yil yakunlari va 2021-yilning birinchi choragi yakunlari yuzasidan Moliya vazirligi hamda tegishli vazirlik va idoralar masʼullarining hisoboti eshitildi.

Majlisda Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va nogironlikni aniqlash hamda Ilmiy faoliyatni rivojlantirish uchun koʻrilayotgan choralar holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovlari natijalari ham muhokama etildi.

Muhokamalarda senatorlar tomonidan tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari faoliyatini tubdan takomillashtirish yuzasidan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganligi, nogironligi boʻlgan shaxslarning tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari koʻrigidan oʻtish jarayonlari soddalashtirilganligi qayd etildi.

Shuningdek, milliy ilm-fan va innovatsiya tizimini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotdagi oʻrnini oshirish, hududlarda innovatsion faoliyatni rivojlantirish, mustaqil tadqiqotchi va professor-oʻqituvchilarning maqolalari nufuziga qarab moddiy ragʻbatlantirish tizimi yaxshilanganligi taʼkidlandi.

Senatorlar tomonidan oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilot rahbarlari tomonidan har chorakda izlanuvchilar faoliyatini tanqidiy monitoring qilish, shuningdek oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar bildirildi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.

Muhokama etilgan masalalar yuzasidan Qoʻmitaning tegishli qarorlari qabul qilindi.