Qoʻngʻizlar yoki qattiq qanotlilar — hasharotlar ichida eng yirik turkum boʻlib yer yuzining deyarli barcha mintaqalarida uchraydi va ekotizimning eng muhim jonzotlaridan hisoblanadi.
Ular orasida ekinlar zararkunandalaridan tortib to tabiatga va inson hayotiga foyda keltiradiganlari ham bor. Bundan tashqari, noyob va yoʻqolib borayotgan muhofazaga olingan turlari haligacha ilm-fanga nomaʼlum boʻlganlari ham bor. Mana shunday fanga nomaʼlum boʻlganlaridan ikkitasi respublikamiz hududidan aniqlandi.
Aniqlangan yangi turlarga Microdera uzbekistanica hamda Microdera abdullohi deb nom berildi.