Bu haqda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Institut birinchi marta issiqxona plyonkalariga moʻljallangan nanokompozit zarrachalarni yaratdi, ular quyosh nurini “aqlli” issiqlikka aylantiradi va issiqxona ichidagi haroratni avtomatik ravishda tartibga solishga yordam beradi.
Ushbu zarrachalar kuchli ultrabinafsha nurini soʻrib, uni yumshoq infraqizil nurga aylantiradi, bu esa tuproq va havoni samarali isitadi.
Amaliyotda uning samarasi qanday?
Haqiqiy issiqxonalarda oʻtkazilgan sinovlar shuni koʻrsatdiki:
- tashqi harorat –3…–7 °C boʻlsa ham, yangi plyonkali issiqxonada ichki harorat barqaror +5…+7°C ni tashkil qiladi (oddiy plyonkalar bilan esa faqat 0…+2 °C),
- qishda bu qoʻshimcha isitishsiz yoki minimal isitish bilan ishlash imkonini beradi,
- yozda esa aksincha, issiqxona ichidagi harorat 6–9 °C ga tushadi, bu oʻsimliklarni ortiqcha qizib ketishdan himoya qiladi va stressni kamaytiradi.

Kuchaytirilgan infraqizil nur oqimi hisobiga fotosintez tezlashadi va oʻsimliklar 1,5–2 baravar tezroq oʻsadi. Sinov natijalariga koʻra:
- isitish uchun energiya sarfi (gaz, koʻmir, mazut va boshqalar) 60–80% dan ortiq kamayadi;
- shuning bilan birga, issiqxona xoʻjaligida yoqilgʻi yoqilishidan chiqadigan ifloslantiruvchi gazlar umuman boʻlmaydi;
- Hosildorlik 35–50% ga ortadi;
- Sugʻorish suvi sarfi 30% ga, gidrogellar ishlatilganda esa 90% gacha kamayadi;
- Plyonkalar mustahkamligi taxminan 3 baravar oshadi, bu esa plastik chiqindilar miqdorini kamaytiradi.
Aslida issiqxonalar uchun “yashil issiqlik” haqida gap ketmoqda: energiya quvur yoki tutun trubasidan emas, balki quyoshdan olinadi.

.jpg)
Jamiyat talabi va ekologik kun tartibiga javob:
“Oʻzbekiston hukumati issiqxonalarni toza energiya manbalariga oʻtkazish va chiqindilarni qisqartirish boʻyicha muhim choralar koʻrayotgan bir paytda, Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti tomonidan yaratilgan ushbu texnologiya shuni koʻrsatadiki, mamlakatimiz nafaqat chang va tutun oqibatlariga qarshi kurashishi, balki ekologik innovatsion agrar texnologiyalar sohasida dunyoga oʻzining ilgʻor yechimlarini taklif qila oladi”, — deya taʼkidladi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, professor Sirojiddin Mirzayev.
Bunday nanokompozit plyonkalar:
- issiqxona xoʻjaliklariga gaz va koʻmir yetkazib berishga bogʻliqlikni keskin kamaytirish imkonini beradi;
- energiya tizimiga yukni kamaytiradi;
- “zararli” issiqlikdan voz kechish hisobiga poytaxt va viloyatlarda havo sifatini yaxshilashga toʻgʻridan toʻgʻri yordam beradi.
Ushbu ishlanma mamlakatimiz uchun “toza issiqxonalar” sohasida texnologik yetakchilardan biri boʻlish, oziq-ovqat xavfsizligi, fermerlarni qoʻllab-quvvatlash va atmosferaga chiqindilarni real kamaytirish imkonini beradi.








