Bugungi shiddatli zamonda hayot charxi shunchalik tez aylanayaptiki, ko‘z o‘ngimizda yuz berayotgan ulkan o‘zgarishlarning tub mohiyatini anglashga baʼzan ulgurmay ham qolayapmiz. Ayniqsa, axborot texnologiyalari olamidagi inqilobiy yangiliklar endi shunchaki “texnika mo‘ʼjizasi” emas, balki kundalik turmushimizning ajralmas bo‘lagiga aylanib ulgirdi. Bugun bot-bot quloqqa chalinadigan, biroq ko‘pchilik uchun hali-hamon jumboqligicha qolayotgan tushunchalardan biri, shubhasiz, sunʼiy intellektdir. Yosh avlod bu yangilikni xuddi havodek tabiiy qabul qilib, undan unumli foydalanishga intilayotgan bir paytda o‘rta va katta avlod vakillarida bir oz hadik, tushunmovchilik yoki savollar tug‘ilishi tabiiy hol.
Umrini mehnat va hayotiy tajriba
to‘plashga bag‘ishlagan ota-onalarimiz, texnologiyalardan oz bo‘lsa-da xabardor
nuroniy otahonu onaxonlarimiz sunʼiy intellekt aslida nima ekani, u bizga do‘stmi
yoki dushmanmi degan savollarga ich-ichidan oddiy va xalqchil tilda javob izlaydi.
Yaqinda yoshi oltmishga yaqinlashib qolgan tog‘amga sunʼiy intellekt nimaligini
tushuntiraman deb bir soat vaqtim ketdi. Shunday ekan, murakkab ilmiy atamalarni
chetga surib, bu “mo‘ʼjiza”ni o‘zbekona qarashlarimiz orqali tushuntirib berish
bugunning muhim vazifasidir.
Aslida, sunʼiy intellekt fantastik
filmlarda ko‘rsatilganidek, odamlarni asir oladigan temir robotlar yoki
qandaydir sehrli kuch emas. Uni soddagina qilib “raqamli aql” desak bo‘ladi. Bu
insonning fikrlash qobiliyati, mantiqi va xotirasining kompyuter dasturlari
yordamida yaratilgan o‘ziga xos nusxasidir. Tasavvur qiling, shunday bir
kutubxonachi borki, u dunyodagi barcha kitoblarni o‘qib chiqqan, Yer yuzidagi barcha
tilni biladi va siz so‘ragan har qanday maʼlumotni soniyaning mingdan bir
ulushida topib beradi. Yoki charchoq nimaligini bilmaydigan, minglab sahifa
hujjatlarni bir zumda tahlil qilib, xulosa aytadigan mohir yordamchini ko‘z
oldingizga keltiring. Mana
shu cheksiz bilim va o‘rganish qobiliyatiga ega tizim sunʼiy intellektdir. U shunchaki
buyruqni bajaruvchi quruq mashina emas, balki xuddi yosh bola kabi o‘z xatolaridan
xulosa chiqarib, kundan kunga “aqlli” bo‘lib borayotgan “tirik” jarayondir.
Raqamli aqllning hayotimizdagi o‘rni
Bu raqamli tafakkur bugun deyarli har bir soha kirib
borib, odamzodning og‘irini yengil, uzoqini yaqin qilmoqda. Tibbiyot sohasini
olaylik: rivojlangan davlatlarda aqlli tizimlar shifokorlarning eng yaqin
yordamchisiga aylangan. Masalan, kompyuter dasturlari rentgen yoki tomografiya
tasvirlarini tahlil qilib, hatto, eng tajribali shifokorning ko‘zi ilg‘amaydigan
mitti o‘zgarishlarni, xususan, saratonning ilk belgilari aniqlab beryapti. Bu
esa har yili minglab insonlarning hayotini saqlab qolishga xizmat qilmoqda.
Qishloq xo‘jaligidagi o‘zgarishlar ham hayratlanarli. Yaponiya yoki Isroil kabi yer va
suv qadrli davlatlarda sunʼiy aql tuproqning namligi, ob-havo va ekinning
holatini o‘rganib, qachon va qancha suv yoki o‘g‘it berishni aniq hisoblab beradi.
Natijada isrofgarchilikka chek qo‘yilib, mo‘l va barakali hosil olinmoqda.
Taʼlim tizimida esa bu texnologiya har bir bolaning qobiliyatiga qarab dars
o‘tish uslubini belgilab beryapti. Xitoy maktablarida joriy etilgan tizimlar
o‘quvchining qaysi mavzuda qiynalayotganini sezib, o‘qituvchiga darsni qanday
o‘zgartirish bo‘yicha maslahatlar beradi. Iqtisodiyot va moliya sohasida millionlab
amallarni bir zumda tekshirib, firibgarliklarning oldini olish, bozorlardagi
narx-navoni oldindan faraz qilish ham aynan shu tizimlar zimmasida. Hattoki,
ko‘chalarda mashinalarning haydovchisiz harakatlanishi ham bugun oddiy holatga
aýlanib bormoqda. Bularning barchasi inson hayotini yanada xavfsiz va farovon
qilishga qaratilgan amaliy qadamlaridir.
Kelajak manzaralari va o‘rinsiz xavotirlar
Kelgusida bu texnologiya hayot tarzimizni butunlay yangicha o‘zanга burib
yuborishi shubhasiz. Yaqin o‘n yilliklarda insoniyat o‘ta og‘ir, salomatlik uchun xavfli
va bir xil takrorlanadigan jismoniy mehnatdan to‘liq xalos bo‘lishi kutilmoqda. Yer
osti shaxtalarida qazish ishlari, zaharli kimyoviy zavodlardagi yumushlar yoki
favqulodda vaziyatlarda qutqaruv ishlari to‘liq robotlar va ularni boshqaruvchi
aqlli tizimlar ixtiyoriga o‘tadi. Shuningdek, millatlar o‘rtasidagi til to‘siqlari
ham butunlay barham topadi. Siz o‘z ona tilingizda gapirasiz, mitti qurilma esa
so‘zlaringizni suhbatdoshingiz tiliga o‘sha zahotiyoq, his-tuyg‘ulari bilan mutlaqo
xatosiz tarjima qilib beradi. Bu esa dunyo xalqlari o‘rtasidagi ilm, savdo va
do‘stlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqadi.
Albatta, har qanday buyuk ixtiro kabi sunʼiy intellektning ham xavotirli
jihatlari yo‘q emas. Eng ko‘p tarqalgan qo‘rquv “Texnika hamma ishni bajarsa, biz
ishsiz qolamizmi?” degan savoldir. Biroq tarixga nazar solsак, har bir yangilik
o‘zi bilan birga yangi imkoniyatlar olib kelganiga guvoh bo‘lamiz. Bir vaqtlar
avtomobil chiqqanda, arava yasab tirikchilik qiladiganlar xavotirga tushgan. Lekin
avtomobilsozlik, yo‘l qurilishi va mexanika sohalarida millionlab yangi ish
o‘rinlari ochildi. Sunʼiy intellekt ham shunday: eski va bir xil takrorlanadigan
ishlar kamayса-da, o‘rniga tizim operatorlari, maʼlumot tahlilchilari va ijodiy
yondashuv talab qiladigan mutlaqo yangi kasblar paydo bo‘ladi. Asosiyси, zamon
bilan hamnafas bo‘lish va o‘qib-o‘rganishdan to‘xtamaslikdir.
Yana bir muhim jihat — axborot xavfsizligi. Bugun aqlli tizimlar yordamida
kishining ovozi yoki qiyofasini soxtalashtirish imkoni tug‘ildi. Shunday
firibgarliklardan himoyalanish uchun qonunlarimizni bundan-da takomillashtirish, eng
muhimi, aholining raqamli savodxonligini oshirish lozim. Odamlar nima haqiqatу,
nima yolg‘onligini farqlashi uchun bu texnologiyalarni maktab yoshidanоq o‘rgatish
zarur. Aynan shuning uchun ham yoshi ulug‘larimiz yangiliklardan o‘zini chetga olishi
emas, aksincha, ularning mohiyatini tushunib, farzandlari qanday dunyoda
yashayoganini his qilishlari har qachongidan ham dolzarb.
Uchinchi Renessans va tarixiy missiya
Bugun O‘zbekiston Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘vor maqsad
sari bormoqda. Shonli tariximiz shuni ko‘rsatadiki, ajdodlarimiz ilm-fan cho‘qqisida
turganida dunyoni hayratga solgan. Qizig‘i shundaki, bugungi raqamli olamning
asosi bo‘lgan “algoritm” so‘zi bevosita buyuk vatandoshimiz Muhammad Xorazmiy nomi
bilan bog‘liq. Demak, bugun bizni hayratga solayotgan ushbu texnologiyaning
mantiqiy ildizlari aynan bizning zaminда vujudga kelgan. Shunday ekan, bu sohada
yetakchi bo‘lish biz uchun shunchaki iqtisodiy ehtiyoj emas, balki qon-qonimizga singib
ketgan tarixiy burchdir.
Yangi O‘zbekiston yoshlari chet el dasturlarini ishlatuvchi “isteʼmolchi” emas,
balki jahon bozoriga munosib yechimlar taklif qila oladigan kashfiyotchi bo‘lishi
shart. Buning uchun yoshlarimizga aniq fanlarni o‘rgatish bilan birga, milliy o‘zlikni
anglash, vatanparvarlik va boy tariximizni hurmat qilish tuyg‘ularini ham
singdirishimiz ayni muddao. Faqat zamonaviy bilim va milliy tarbiyani jamlagan
yoshlargina chinakam Uchinchi Renessans bunyodkorlari bo‘la oladi. Yoshlar taʼlimiga
va AT sohasiga qaratilayotgan yuksak eʼtibor ham aynan mana shu strategik maqsadga
xizmat qilmoqda.
Milliy o‘zlik va qadriyatlarni asrash
dolzarbligicha qoladi
Sunʼiy intellekt shiddat bilan rivojlanayotgan davrda milliy o‘zlikni saqlab
qolish — eng ustuvor vazifa. Global tarmoqda minglab madaniyatlar to‘qnashayogan
bir paytda go‘zal tilimizni va boy qadriyatlarimizni raqamli olamga ko‘chirishimiz
hayot-mamot masalasidek gap. Chunki aqlli tizimlar faqat o‘ziga kiritilgan
maʼlumotlar asosida “fikrlaydi”. Agar biz Navoiy va Qodiriýlar merosini,
dostonlarimiz va milliy xazinamizni bu tizimlarga joylamasak, ertaga
farzandlarimizga begona madaniyatlar taʼsiridagi “aqlli yordamchilar” tarbiya
beradigan bo‘lib qoladi. Yoshlarimiz raqamli dunyoda nafas olar ekan, bu muhit
o‘zbekona ruh va milliy qadriyatlarimiz bilan sug‘orilgan bo‘lishi shart.
Bu yo‘lda yosh olim va dasturchilarimiz zimmasida ulkan masʼuliyat turibdi. Biz
texnologiyani rivojlantirish orqali nafaqat boyishni, balki maʼnaviy jihatdan
yengilmas jamiyat qurishni maqsad qilganmiz. Chet eldan yopirilinib kelayotgan “ommaviy
madaniyat” xurujlariga qarshi raqamli mudofaamiz ham milliy, ham o‘ta innovatsion
bo‘lishi lozim.
Ochiq ko‘ngil bilan taraqqiyot sari
Insoniyat tarixidagi har qanday buyuk kashfiyot — olov bo‘ladimi, atom
energiyasimi yoki sunʼiy intellektmi — o‘z-o‘zidan yaxshi yoki yomon bo‘lmaydi. Hammasi
insonning niyatiga va undan qanday maqsadda foydalanishiga bog‘liq. Tarix shuni isbotladiki,
yangilikdan qo‘rqib, o‘z qobig‘iga o‘ralib olgan xalqlar taraqqiyotdan ortda qolib,
o‘zgarlarga qaysidir taraflama qaram bo‘lgan. Aksincha, o‘zgarishlarni dadil qabul
qilib, ularni o‘z manfaati yo‘lida ishlata olganlar dunyo yetakchisiga aylangan.
Bugun O‘zbekiston ham shu yo‘ldan bormoqda — aqlli texnologiyalardan xalqimiz
farovonligi yo‘lida jasorat bilan foydalanishimiz lozim.
Ota-onalar farzandlari zamonaviy bilimlarni egallashida
ularga ko‘makchi va dalda bo‘lishi ayni muddao. Ular kompyuter qarshisida o‘tirganida
“Shu o‘rganganing bilan el-yurtga qanday foyda keltirasan?” degan olijanob savol
orqali fikrlashga chorlashi maqsadga muvofiq. Zero, yoshlarimiz bir qo‘lida eng
so‘nggi texnologiyani, ikkinchi qo‘lida esa bobolaridan meros qolgan maʼnaviyatni
mahkam tutgan holdagina eng baland cho‘qqilarni zabt etishga qodir bo‘ladi.
Sunʼiy intellekt — insoniyat tafakkurining bugungi kundagi eng yuksak
cho‘qqisi. Biroq ilm-fan va texnologiya har qancha rivojlanmasin, doimo inson ongi,
uning mehrga to‘la qalbi va yuksak ruhiyati olamni harakatlantiruvchi oliy xilqat
bo‘lib qolaveradi.
Jonibek ALIJONOV,
“Yangi O‘zbekiston”
muxbiri