Bu haqda Jenevada bo'lib o'tgan brifingda FAOning Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bo'yicha mintaqaviy vakili Abdulhakim Elvayer ma'lum qildi, deb xabar beradi report.az.
“G'azo sektorida ocharchilikning oldini olish va aholi duch kelayotgan og'ir oziq-ovqat tanqisligini bartaraf etish uchun shoshilinch choralar ko'rish zarur, – dedi u. – Vaziyatning yanada yomonlashishining oldini olish uchun insonparvarlik yordamining to'siqsiz kirishini tiklash juda muhim”.
Elvayerning ta'kidlashicha, “Isroildan zaruriy qishloq xo'jaligi mahsulotlarini import qilishni taqiqlash yordam ishlariga to'sqinlik qildi va FAO mahsulotlarni Misrdan Rafah nazorat-o'tish punkti orqali yetkazib berishga majbur bo'ldi”.
Kechikishlar va logistika muammolari insonparvarlik yordamlarini unga muhtoj bo'lganlarga o'z vaqtida yetkazilishiga to'sqinlik qilmoqda, dedi u. “G'azodagi, xususan, shimoliy hududdagi og'ir vaziyat yaqinlashib kelayotgan ocharchilik va keng tarqalgan oziq-ovqat xavfsizligi borasida tashvish uyg'otdi va bu vaziyatning dolzarbligini ko'rsatdi”, dedi FAO vakili.
Elvayer ta'kidlagandek, BMT agentliklari “aholining azob-uqubatlarini yengillashtirish va keyingi yo'qotilishlarning oldini olish uchun FAO va boshqa gumanitar agentliklarning qo'shimcha resurslari va ko'magini safarbar qilishga qat'iy kirishadi”.