Tadbir avvalida mahalladan boshlangan ezgu tashabbuslarni respublika miqyosida amaliy va samarali harakatga aylantira olgan “Eng namunali xotin-qizlar faoli” tanlovi gʻoliblari taqdirlandi.

Jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, har jihatdan ibratli xotin-qizlarni aniqlash, ularning faoliyatini keng jamoatchilikka yaqindan tanishtirish hamda ilgʻor ish tajribalarini ommalashtirish maqsadida “Yil ayoli” milliy tanlovi oʻtkazib kelinmoqda.

Tanlov nizomiga koʻra 35 yoshdan yuqori hamda oʻz yoʻnalishi boʻyicha faoliyat bilan uzluksiz shugʻullanib kelayotgan ayollar, shuningdek, uy bekalari tanlovda ishtirok etishlari mumkin.

Joriy yilda “Yil ayoli” tanlovining tuman (shahar) bosqichlarida 3 014 nafar ayollar ishtirok etdi. Tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichlarida 208 ta tuman (shahar)lardan jami 964 nafar ayollar qatnashib, ulardan 150 nafari Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritishdi.

“Yil ayoli – 2025” da 14 nafar ayollar quyidagi nominatsiyalar boʻyicha taqdirlandilar:

  1. “Yilning eng vatanparvar ayoli” — Qayimova Nigoraxon Ismoilovna — Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari – xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi
  2. “Yilning eng faol olima ayoli”
    Muhitdinova Kamola Alisherovna — Iqtisod fanlari doktori, Markaziy bank ambassadori
  3. “Yilning eng ilgʻor tadbirkor ayoli”— Raxmonova Dilfuza Tojiddinovna — Qarshi shahridagi Axborot texnologiyalari va menejment universiteti taʼsischisi, “Zarplika” Kvashing boʻlimi ishlab chiqarish markazi rahbari
  4. “ Yilnnig eng ilgʻor tadbirkor ayoli”— Oʻlmasova Raʼnoxon Nomonovna — Beshariq tumanidagi “Turist Agro” MCHJ boshqaruvchisi
  5. “Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli”— Joʻrayeva Dilobar Saidullayevna — Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Olot tumani boʻlimi rahbari
  6. “Oʻz kasbining ustasi boʻlgan yil ayoli”— Sodiqova Muqaddasxon Abdumalikovna — Izboskan tumanidagi “SAM bright line” oilaviy korxonasi rahbari
  7. “Yilning eng yaxshi uy bekasi”— Alimova Boʻston Oʻrinbekovna — Yangiyoʻl tumani “Guliston” mahallasi uy bekasi
  8. “Yilning eng faol maʼnaviy-maʼrifiy targʻibotchisi”— Fayziyeva Shoira Ayubovna — Guliston davlat universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti, oila psixologi
  9. “Yilning eng jonkuyar ustozi”— Ayimbetova Kaljan Jollibayevna — Koʻngʻirot tumanidagi 52-umumtaʼlim maktabi direktori
  10. “Yilning eng faol sogʻlom turmush tarzi targʻibotchisi”— Pardayeva Dilbar Abduvna — Jizzax “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ayollar internati uyi direktori
  11. “Yilning eng yaxshi boshqaruvchisi”— Rangova Ramilya Rifkatovna — Navoiy togʻ-kon metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyati “Shimoliy kon” boshqarmasi Markaziy fizik-kimyoviy laboratoriyasi mikrobiologiya guruhi rahbari
  12. “Xotin-qizlar faoliyatini eng koʻp targʻib etgan OAV vakili” —Usmanova Nazokat Shavkatovna — Oʻzbekiston milliy axborot agentligi Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi mudiri
  13. “Ijtimoiy tashabbuslar yetakchisi”— Qutlimurotova Dilafruz Sultanmuratovna — Oʻzbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi raisi
  14. “Matonatli ayol”— Sidikova Nigora Voxidovna — 2025-yilning 10–13-dekabr kunlari Dubay shahrida yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan V Paraosiyo oʻyinlarida 8 ta oltin medalini qoʻlga kiritgan Xusniya Olimjonovaning onasi.