Tashrif davomida rektor kursant talaba-yoshlar bilan muloqot qilib, bugungi globallashuv sharoitida soha vakillari uchun nafaqat jismoniy tayyorgarlik, balki yuksak intellektual salohiyat ham muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.
Uchrashuvda Amir Temurning “Bilagi zoʻr — birni, bilimi zoʻr — mingni yengar” degan hikmatiga alohida urgʻu berilib, qatʼiy intizom va milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiya topgan yoshlargina Vatanning haqiqiy himoyachisi boʻla olishi qayd etildi.
Shuningdek, rektor fakultetda yangi tashkil etilgan uchuvchisiz uchish apparatlari — dronlar va ularni boshqarish boʻyicha oʻquv-amaliy mashgʻulotlar bilan yaqindan tanishdi.
Qayd etilishicha, dronlar bilan ishlash koʻnikmasi boʻlajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligida muhim oʻrin tutadi.
Hamkorlik materiali