Farg‘ona issiqlik elektr markazida 2 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushurildi

    Loyiha “On-Grid” rejimida ishlaydi va yiliga qo‘shimcha 5 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi va yiliga 1,2 mln kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga etishiladi.

    Buning natijasida yoqilg‘i resurslari tejalib, atmosferaga zararli gazlarning chiqishini kamaytirish imkoni yaratiladi.

    Ushbu loyiha Prezidentimiz tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish bo‘yicha berilgan qator topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida amalga oshirildi.