Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yana-da oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4881-sonli qarori barcha kurashchi polvonlarimiz uchun chinakam imkoniyat va kuch-gʻayrat berdi. Uoʻbu qaror qabul qilinganidan soʻng milliy sportimiz boʻlgan kurashni rivojlanish yoʻlida odim qadamlar tashlanmoqda.

Qarorda belgilanganidek, kurash boʻyicha nufuzli musobaqalarni tashkil qilish, Oʻzbekistonda kurashni umumxalq sport turiga aylantirish, ushbu sport turini ommalashtirish eng dolzarb masalalar sirasiga kiritildi.

Joriy yilning 24-27-fevral kunlari Fargʻona shahridagi “Samo” sport majmuasida kurash boʻyicha Jismoniy tarbiya va sport vazirligi taqvim rejasiga kiritilgan yilning dastlabki musobaqasi yaʼni kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtadi. Chempionat gilamiga barcha viloyatlardan saralab olingan polvonlar (erkaklar: 60,66,73,81,90,100,+100), (ayollar 48,52,57,63,70,78,87,+87) chiqadilar.

Hozirda respublikamiz polvonlari ushbu nufuzli chempionatga tayyorgarlik mashgʻulotlarini oʻz viloyatlarida olib borishmoqda.