Fargʻona shahridagi hayvonot bogʻida zebra nobud boʻldi

    Yashil sayyora 16 Oktabr 2023 724

    Fargʻona shahridagi hayvonot bogʻida zebra nobud boʻldi. Bu haqda Fargʻona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati maʼlum qildi.

    Bogʻ direktori vaziyatga izoh berishicha, 12 yoshga toʻlgan mazkur zebra qarilikdan oʻlgan. Uning taʼkidlashicha, zebralar asosan 10-15 yil umr koʻradi. 5 yoshligida olib kelingan boʻlib yetti yil davomida bu bogʻda yashagan.

    Fargʻona viloyat prokuraturasi, viloyat Ekologiya boshqarmasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi va boshqa tegishli tashkilotlar ishtirokida dalolatnomaga asosan zebra jasadini tekshirilib, hozirda lobaratoriya tahlil ishlari olib borilmoqda.

    Tahlil natijalariga asosida qoʻshimcha maʼlumot berilishi maʼlum qilindi.