Buxorodagi hayvonot bogʻida 4 ta sher bolasi dunyoga keltirdi

    Yashil sayyora 14 May 2025 744

    Buxoro shahridagi Somoniylar istirohat bogʻida joylashgan hayvonot bogʻida 4 ta sher bolasi dunyoga keldi.

    Viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, yangi tugʻilgan sher bolalari sogʻlom va faol boʻlib, onasi bilan birga maxsus ajratilgan, xavfsiz va qulay sharoitda saqlanmoqda.

    Hayvonot bogʻi xodimlarining aytishicha, sher bolalari muntazam ravishda veterinariya nazoratidan oʻtkazilmoqda hamda ularning ovqatlanishiga alohida eʼtibor berilmoqda.

    Hozircha ular ommaga koʻrsatilmayapti, ammo yaqin kelajakda tashrif buyuruvchilar ularni koʻrish imkoniyatiga ega boʻlishadi.