Fargʻona shahridan Qoʻqonga avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi

    Transport 2 Avgust 2021 3308

    Fargʻona shahar markaziy avtostansiyasidan Qoʻqon shahar “Qoʻqon darvoza” avtostansiyasigacha yangi zamonaviy YUTONG avtobuslari orqali amalga oshiriladigan “Fargʻona-Qoʻqon” yoʻnalishi tashkil qilindi.

    Avtobuslar qatnovi tonggi soat 05:30 dan kechki soat 18:30 gacha, har soatda yoʻlga qoʻyilgan.

    Hozirda belgilangan tartibda 15 kunlik sinov muddatida faoliyat olib borilyapti. Mutaxassislar tomonidan yoʻnalish boʻyicha aholi oqimi monitoringi olib borilmoqda.

    Monitoring yakunidagi ijtimoiy, iqtisodiy tahlillar asosida avtobus tashuviga bogʻliq qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilanib, muntazam tartib bilan qatnovlar amalga oshirish grafigi joriy etiladi hamda qatnovlar davom ettiriladi.

    Ushbu yoʻnalish Rishton, Bagʻdod tumanlari aholisiga ham xizmat koʻrsatib, yoʻlkira narxlari 7-14 ming soʻm atrofida boʻlishi kutilmoqda. Wi-Fi, konditsioner, kuler, muzlatkich va sanuzelga ega boʻlgan YUTONG avtobusi bir vaqtning oʻzida 51 nafar yoʻlovchi tashish imkoniga ega.

    Yoʻnalishli avtobus grafikka asosan yoʻlovchilarni 1 soat 50 minutda oʻz manziliga yetkazadi.