Fargʻonada tashkil etilgan maqom maktabi ham milliy qadriyatlarimizga hamohang ushbu sanʼat turini izchil davom ettiruvchi yangi avlodni tarbiyalashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Bu yil umumtaʼlim maktablarining 5,6-sinflarini tamomlagan oʻgʻil-qizlar maqom xonandaligi va sozandaligi yoʻnalishlariga tanlov asosida oʻqishga qabul qilindi.
Ixtisoslashgan maqom maktabining yangi oʻquv binosi, oshxona va 150 oʻrinli yotoqxona qurilishi davom etayotgan sanʼat koshonasida “Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi” hamda maqom ansambli tashkil etish ham rejalashtirilgan.
Fargʻonaga safarimiz davomida mazkur muassasa uchun yaratilgan shart sharoitlar, binoning qurilishidagi muammolar va kamchiliklarni masʼullar bilan muhokama qildik.
Maqom maktabida tahsil olayotgan oʻquvchilar uchun barcha sharoitlarni muhayyo etish lozimligini taʼkidlab, bu dargoh hali koʻplab “Fargʻona tong otguncha», ”Tanovor“, ”Mustahzod"larni kuylaydigan iqtidorli yoshlarni tarbiyalashiga umid bildirdik.
Ozodbek Nazarbekov, Madaniyat vaziri