Tashkil etilgan saylda FHDYO, adliya boʻlimlari, “Madad” NNT kabi 10 dan ortiq tashkilotlar ishtirok etdi.

Mutasaddilar tomonidan hudud aholisini qiynab kelayotgan muammolarni oʻrganish va ularni hal etish choralarini koʻrish maqsadida sayyor qabullar tashkillandi.

Sayl dasturida xushovoz xonandalar ijrosidagi konsert dasturi, badiiy chiqishlar, sahnalashtirilgan teatr tomoshalari va hunarmandchilik mahsulotlari koʻrgazmasi namoyish etildi. “Davlat xizmatlari men uchun” ijodiy rasmlar tanlovi oʻtkazilib, aynan shu yerda ishtirok etayotgan aholi vakillari yordamida aniqlangan sovrindorlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

DXA viloyat boshqarmasi kubogi uchun oʻtkazilgan futbol oʻyinlarida gʻolib sportchilarga maxsus DXA kubogi tantanali topshirildi. “Davlat xizmatlari sayli” davomida aholidan 83 ta murojaatlar qabul qilindi, deb xabar beradi davlat xizmatlari agentligi Fargʻona viloyat boshqarmasi matbuot xizmati.