"Fargʻona–Urumchi–Fargʻona" yoʻnalishida aviaparvozlar yoʻlga qoʻyiladi, deb xabar qilmoqda «Dunyo« AA.
Fargʻona viloyati hokimligi maʼlumotiga koʻra, Oʻzbekiston va Xitoy shaharlari oʻrtasida aviaqatnovlar kengaytirilayotgan boʻlib, yana bir yangi Fargʻona-Urumchi-Fargʻona yoʻnalishida aviaparvoz yoʻlga qoʻyilmoqda.
Xitoyda amaliy tashrif bilan boʻlib turgan Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi Urumchi shahrida yangi aviaqatnovga tantanali start berish marosimida ishtirok etdi.
Mazkur aviaparvoz ikki hududni bogʻlash, savdo, iqtisodiy-investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, turizm yoʻnalishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Parvozlar 18-aprel kunidan boshlab amalga oshiriladi.