Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Mamadjanov Xusan Xasanovich oʻz vazifasidan ozod etildi.

Cogʻliqni saqlash vazirining tegishli buyrugʻi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Fargʻona filiali direktori vazifasida ishlab kelgan Toʻxtaqulov Abduqayum Yuldashevich Fargʻona viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

53 yoshli Abduqayum Toʻxtaqulov Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti oʻqituvchisi sifatida ishlab, tajriba orttirgan. Keyinchalik Qoʻqon shahar shoshilinch tibbiy yordam markazi xirurgi, Beshariq tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

A.Toʻxtaqulov Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Fargʻona filiali direktori vazifasida 2019-yildan buyon ishlab kelayotgan edi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati