Ta’kidlash joizki, bugungi kunda Farg‘ona viloyati shaharlari va tumanlarining chegaralarida muammoli masalalar mavjud bo‘lib, ushbu hududlarda istiqomat qilayotgan aholining hayotida turli qiyinchiliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.
Xususan, Farg‘ona viloyatining Qo‘qon, Marg‘ilon va Farg‘ona shaharlari tarkibiga kiritilishi rejalashtirilgan hududlarda yashovchi aholining aksariyat qismi shaharlardagi ijtimoiy soha (maktab, bog‘cha, kasalxona) muassasalariga qatnashiga to‘g‘ri kelmoqda.
Shu bilan birga, muhandislik-kommunikasiya tizimlari (elektr tarmoqlari, tabiiy gaz, ichimlik suvi ta’minoti) korxonalari ham shaharlar hududidan tortilgan bo‘lib, Qo‘qon, Marg‘ilon va Farg‘ona shaharlari tarkibiga o‘tkazilayotgan hududlarga ushbu korxonalar tomonidan xizmat ko‘rsatilmoqda.
Bundan tashqari, Qo‘qon, Marg‘ilon va Farg‘ona shaharlarida aholi juda zich joylashganligi bois, shaharlarni rivojlantirish, ularning hududini yanada kengaytirish kabi muammoli masalalarni yuzaga chiqarmoqda.
Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi hamda “O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida”gi Qonunga asosan Farg‘ona viloyatining yuqorida qayd etilgan tuman va shaharlari chegaralarini o‘zgartirish taklifi ilgari surilmoqda.
Ta’kidlanganidek, Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston, Dang‘ara va Uchko‘prik tumanlaridan jami 2,6 ming gektar yer maydoni Qo‘qon shahri tarkibiga, Farg‘ona, Qo‘shtepa va Toshloq tumanlaridan jami 1,1 ming gektar yer maydoni Marg‘ilon shahri tarkibiga, Farg‘ona tumanidan 812 gektar yer maydoni Farg‘ona shahri tarkibiga o‘tkazilmoqda.
Bunda ushbu shahaplar hududi tapkibiga qo‘shimcha kipitilayotgan fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalariga qapashli 1 673 gektar yeplap vaqtincha qishloq xo‘jaligi kopxonalapi ixtiyopida qolishi va ushbu yeplapni qishloq xo‘jaligi ehtiyojlapidan boshqa maqsadlap uchun ajpatish shaharlar bosh reja loyihasi, bosqichma-bosqich O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq amalga oshipilishi nazarda tutilgan.
Farg‘ona, Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlari chegaralarini o‘zgartirilishi viloyatda zamonaviy infratuzilma ob’yektlari barpo etilishi va aholiga xizmat ko‘rsatish tizimi yanada rivojlanishiga va eng asosiysi aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi.
Alohida qayd etish lozimki, tumanlardan shaharlarga o‘tkazilayotgan aholining uy-joy kadastr hujjatlari va propiskasini qayta rasmiylashtirish talab etiladi. Bunda kadastr hujjatlari va propiskani rasmiylashtirishda fuqarolardan qo‘shimcha mablag‘lar talab etilmaydi.
Muhokama etilgan masala bo‘yicha Senatning tegishli qarori qabul qilindi.









