Viloyat vakillari qirgʻiz milliy oʻyinlariga guvoh boʻldi. Uloq, kelin quvdi marosimlari, oʻrgatilgan burgutning oʻlja tutish jarayonlari sahnalashtirilgan tarzda namoyish etildi. Oʻq otish marosimlarida esa bevosita fargʻonaliklarning oʻzlari ham qatnashdilar.

Tadbir konsert dasturiga ulanib ketdi. Qirgʻiz xalq eposi boʻlgan “Manas” qoʻshigʻining chiroyli ijrosi olqishlar bilan qarshi olindi. Folklor ansambllari tomonidan tayyorlangan chiqishlar, oʻzbek sanʼatkorlarining dilga yaqin qoʻshiqlari yigʻilganlarni raqsga chorladi.

Yakunda ikki viloyat delegatsiyasi vakillari bir-birlariga esdalik sovgʻalarini topshirishdi.

Shundan soʻng muhim kelishuvlarga, hamkorlik aloqalarini yana-da mustahkamlanishiga xizmat qilgan ikki kunlik tashrif oʻz yakuniga yetdi.