Muassasaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida Jahon banki mablag‘lari hisobidan 27 turdagi tibbiy jihozlar, jumladan, qiymati 2,5 milliard so‘m bo‘lgan multispiral kompyuter tomografiyasi, 2,2 milliard so‘mlik zamonaviy rentgen-diagnostika uskunasi, 2 milliard so‘m qiymatidagi gemodializ, videogastroskop va videobronxoskop apparatlari olib kelib, o‘rnatildi.
Kelgusida bu yerda yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari, jumladan, yurak-qon tomirlarini stentlashni yo‘lga qo‘yish, kompyuter tomograf va zamonaviy rentgen apparati yordamida bemorlarga yuqori malakali shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish rejalashtirilgan, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati.