Joriy yilning 17-fevral kuni soat taxminan 18.00 larda fuqaro R.M Islom Karimov nomidagi sanʼat saroyi hududida xizmat olib borayotgan “Qoʻriqlash” boʻlimi xodimlari yoniga kelib, bogʻda bir qizcha adashib yurganini va bolaning yaqinlarini topishda amaliy yordam berishlarini soʻrab murojaat qilgan.

Dastlabki surishtiruv ishlarida 9 yoshli F.M. ota-onasi bilan Fargʻona tumanidan viloyat markaziga kelib, adashib qolganligi aniqlangan. Xodimlarning tezkor harakati tufayli qizaloqning ota-onasi topildi va F.M sogʻ-omon yaqinlariga topshirildi.