Xususan, manzil aeroportidagi noqulay ob-havo tufayli “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY87 (Urganch — Farg'ona) reysi Urganch aeroportida ushlab qolindi.

73 yo'lovchisi bo'lgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 09:35 da uchishi lozim edi.

Ko'rish chegarasi 25 metrdan kam bo'lganligi sababli HY71/72, HY84 (Farg'ona — Samarqand, Farg'ona — Toshkent) reyslari bekor qilindi. Shuningdek, "Farg'ona" aeroporti Sankt-Peterburgdan uchgan samolyotni qabul qila olmadi va bort "Toshkent" aeroportiga yo'naltirildi. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY9628/9627 (Toshkent — Farg'ona — Moskva) va HY081 (Toshkent — Farg'ona) yo'nalishidagi reyslari uchish vaqti o'zgartirildi.

Quyuq tuman (ko'rish — 300 metr) HY622 (Moskva — Andijon) reysi uchish aeroportida bir necha soatga kechiktirilishiga sabab bo'ldi. Xozirda samolyot kutish zonasiga yo'naltirildi va muqobil aerodromga jo'nab ketadi.

Shuningdek, noqulay ob-havo sharoiti tufayli Namangan aeroportida bir qator reyslar qoldirilgan. Beqaror ob-havo tufayli aeroport vaqti-vaqti bilan samolyotlarni qabul qilish va jo'natishlarni cheklashga majbur bo'lmoqda.

Farg'ona, Andijon va Namangan xalqaro aeroportlarida yaqin orada ob-havo sharoiti yaxshilanishini kutilmoqda.