Bu haqda DXX maʼlum qildi.
Yana bir holatda qoʻshni davlatdan kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini kontrabanda yoʻli bilan olib kirib, Toshkent shahridagi jinoiy sheriklariga yetkazib berish bilan shugʻullangan Quvasoy shahrida yashovchi, 1996-yilda tugʻilgan shaxs boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina Namangan viloyatining Pop tumanidagi YPX maskanida toʻxtatildi. Koʻzdan kechirish jarayonida avtomashina eshiklarining ichki qismiga 8000 dona “Zardeks” hamda 309 gramm “gashish” giyohvandlik vositasi yashirilgani maʼlum boʻldi.
Bagʻdod tumanida qayd etilgan yana bir holatda esa Qoʻqon shahrida yashovchi, 1992-yilda tugʻilgan shaxs boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinadan 1691 dona “Regapen” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi aniqlandi.
Shuningdek, Fargʻona tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda 2001-yilda tugʻilgan mahalliy fuqaro 1991-yilda tugʻilgan jinoiy sherigi vositachiligida 1274 dona “Regapen” dorisini xaridorga 56 mln soʻmga sotgan vaqtida qoʻlga olindi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 251¹, 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, ularga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.