Bugun, 29-dekabr kuni soat 10:29 da “Fargʻona-Andijon” avtomobil yoʻnalishida harakatlangan 2 ta “CHAKMAN” va “ISUZU”avtomobillari ishtirokida yoʻl transport hodisasi sodir boʻlganligi toʻgʻrisida viloyati FVBga xabar kelib tushgan. Hodisa natijasida haydovchi yuk mashina saloni ichida qisilib qolgan.

Voqea joyiga zudlik bilan FVVning hududiy boshqarmasi qutqaruvchilari, YPX, tez tibbiy yordam xodimlari yetib borgan.

Qutqaruvchilar maxsus gidravlik asbob-anjomlar yordamida qisilib qolgan haydovchini sogʻ-omon yuk mashina ichidan chiqarib olishgan va birinchchi tibbiy hamda psixologik yordam koʻrsatish maqsadida tez tibbiy yordam xodimlariga topshirishgan.

Xodimlarning tezkorlik bilan amalga oshirgan saʼy-harakatlari natijasida inson hayoti saqlab qolindi.